Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtishda davom etamiz. Ispaniya mundial g'olibligi uchun asosiy favorit. Urugvay pley-offni ko'zlamoqda. Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde esa sensatsiya namoyish etishga shaylangan.
Ispaniya

Bosh murabbiy: Luis de la Fuente — so'nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri. Hatto o'z navbatida noyob mutaxassis, u Ispaniyani uchta toifada Yevropada eng yaxshisiga aylantirgan. Dastlab qit'aning o'smirlar (U-19) birinchiligida g'alaba qozondi, keyin yoshlar jamoasi bilan davom ettirdi, Yevro-2024da esa kattalar bilan oltin medallarga ega chiqdi. Buning ustiga, 64 yoshli mutaxassis milliy jamoadagi debyutini Millatlar ligasining «to'rtlar finali»dagi g'alaba bilan boshladi.

Yulduz: Ispaniya kolleksiyasining asosiy g'avhari — Lamin Yamal. Afsuski, u uchun birinchi jahon chempionati oldidan kataloniyalik yulduzning salomatligi xavotir uyg'otmoqda. Agar yuqori sport formada bo'lsa, mundialda katta kashfiyotchi bo'lishi mumkin. Shuningdek, de la Fuente davridagi hujumda eng samarali futbolchilar Ferran Torres va Oyarzabal bo'lishdi. Ayniqsa, «Real Sosiedad» sardori finallar qiroli degan nomga ega ekani va uning goli Ispaniyaga Yevropa oltinini keltirganini eslasak.
Tarkib:
Darvozabonlar: Unai Simon, David Raya, Joan Garsiya.
Himoyachilar: Mark Kukurelya, Alejandro Grimaldo, Pau Kubarsi, Emerik Laport, Mark Pubill, Erik Garsiya, Markos Lorente, Pedro Porro.
Yarimhimoyachilar: Pedri, Fabian Ruiz, Martin Subimendi, Gavi, Rodri, Aleks Baena, Mikel Merino.
Hujumchilar: Mikel Oyarzabal, Dani Olmo, Niko Uilyams, Yeremi Pino, Ferran Torres, Borxa Iglesias, Viktor Munyos, Lamin Yamal.
Chempion bo'lish imkoniyati (Opta): 16,30 foiz.
Urugvay

Bosh murabbiy: Marselo Belsa juda katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. Argentinlik 70 yoshli mutaxassis mundialdan so'ng milliy jamoani tark etishini allaqachon e'lon qilgan. Biroq ketguncha jamoa bilan sensatsiyalar qayd etishga tayyorlanmoqda.

Yulduz: Moviy-oqlar safidagi haqiqiy qoya — «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverde, U ruhiy va o'yin jihatidan yetakchi. Milliy jamoa sardorining shaxsiy motivatsiyasi — avvalgi jahon chempionati uchun reabilitatsiya qilish. Valverde Qatarga katta umidlar bilan borgan, biroq Urugvayning guruhdan chiqa olmagandi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Serxio Rochet («Internasional»), Fernando Muslera («Estudiantes»), Santyago Mele («Monterrey»).
Himoyachilar: Gilyermo Varela («Flamengo»), Ronald Araujo («Barselona»), Xose Ximenez («Atletiko»), Santyago Bueno («Vulverhempton»), Sebastyan Kaseres («Amerika» Meksika), Matias Oliveira («Napoli»), Xoakin Pikeres («Palmeyras»), Matias Vinyya («River Pleyt»).
Yarimhimoyachilar: Manuel Ugarte («Manchester Yunayted»), Emiliano Martines («Palmeyras»), Rodrigo Bentankur («Tottenhem»), Federiko Valverde («Real»), Agustin Kanobbio («Fluminense»), Xuan Sanabriya («Real Solt-Leyk»), Jorjian de Arraskaeta («Flamengo»), Nikolas de la Krus («Flamengo»), Rodrigo Salasar («Sporting»), Fakundo Pellistri («Panatinaikos»), Maksimiliano Araujo («Sporting»), Brayan Rodriguez Bravo («Amerika» Meksika).
Hujumchilar: Rodrigo Agirre («Tigres»), Federiko Vinyas («Real Oviedo»), Darwin Nunes («Al Hilol»).
Chempion bo'lish imkoniyati (Opta): 1,54 foiz.
Kabo-Verde

Bosh murabbiy: Pedru Leytan Britu yoki uni hamma ataydigan ismi bilan aytganda Bubishta Kabo-Verde qahramoniga aylandi. 56 yoshli mutaxassis bir vaqtlar o'zi milliy jamoada o'ynagan va sardor bo'lgan. Faoliyatini tugatgach, mahalliy klublarda ishladi, 2020 yildan boshlab milliy jamoa ustoziga aylandi. 2021 yildagi Afrika millatlar kubogida «ko'k akulalar» guruh bosqichidan o'tishdi. Ikki yil o'tib chorakfinalga yetib borishdi, oxirgi qit'a birinchiligini o'tkazib yuborishdi. Buni esa tarixdagi ilk bor jahon chempionatiga chiqish bilan ortig'i bilan qoplandi. Bubishtaning o'tgan yili Afrikaning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Yulduz: Kabo-Verdaning eng mashhur o'yinchisi Garri Rodrigez hozirda zaxira o'yinchisi. O'z vaqtida «Galatasaroy», «Olimpiakos» va «Fenerbahche»da yomon o'ynamagan. 35 yoshli hujumchining eng yaxshi yillari ortda qoldi, ammo mahalliy afsona qaydnomada bo'ladi.
Chempion bo'lish imkoniyati (Opta): 0,02 foiz.
Saudiya Arabistoni

Bosh murabbiy: Georgios Donis Afrika va arab milliy jamoalarida o'ziga ajoyib obro'-e'tibor qozongan Erve Renar o'rniga tayinlandi. 56 yoshli Donisning yaqqol ustunligi — mahalliy futbolni bilishidir. Grek bundan o'n yil avval «Al Hilol» bilan bir mavsum ishlagan. 2021 yilda u qirollikka qaytdi va o'shandan beri to'rtta klubni boshqardi. Donisning so'nggi ish joyi mavsumni 12-o'rinda yakunlagan «Al Halij» klubi bo'ldi.

Yulduz: Saudiyaliklar qaydnomasidagi eng yorqin o'yinchi — Salim al-Davsari. 34 yoshli futbolchi o'tgan jahon chempionatida Argentina milliy jamoasi darvozasiga urg'an g'alaba goli bilan hammaning yodida qolgan.
Noyabr oyida milliy jamoa safida 100-o'yinini o'tkazdi. Bu uning faoliyatidagi so'nggi mundial bo'ladi. Undan tashqari, «Lans»da ajoyib mavsum o'tkazgan yagona yevropalik legioner — himoyachi Saud Abdulhamidni ham alohida ta'kidlash zarur. Hujumda esa saralash bosqichida beshta gol urg'an Firas Al Buraykan yetakchilik qiladi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Ahmad Al Kassar («Al Qodisiya»), Muhammad Al Ovais («Al Hilol»), Navvaf Al Akidi («An Nasr»).
Himoyachilar: Saud Abdulhamid («Lans»), Abdulla Al Amri («Al Ittihod»), Jihod Takri («Al Qodisiya»), Hassan Al Tambakti («Al Hilol»), Ali Alavjami («Al Hilol»), Hassan Kadesh («Al Ittihod»), Moteb Al Harbi («Al Hilol»), Ali Majrashi («Al Ahli»), Muhammad Abu Al Shamat («Al Qodisiya»), Navvaf Al Bushal («An Nasr»).
Yarimhimoyachilar: Ziyod Al Johani («Al Ahli»), Nosir Ad Dovsari («Al Hilol»), Muhammad Kanno («Al Hilol»), Abdulla Al Haybari («An Nasr»), Ala Al Khoji («Neom»), Musab Al Juvaer («Al Qodisiya»), Salem Ad Dovsari («Al Hilol»).
Hujumchilar: Firas Al Buraykan («Al Ahli»), Abdulla Al Hamdan («An Nasr»), Solih Ash Shehri («Al Ittihod»), Sultan Madash («Al Hilol»), Ayman Yahye («An Nasr»), Xolid Al Ghannam («Al Ittifoq»).
Chempion bo'lish imkoniyati (Opta): 0,06 foiz.
H guruhi o'yinlar taqvimi
1-tur
15 iyun, soat 21:00 (Toshkent vaqti bilan)
Ispaniya – Kabo-Verde
16 iyunga o‘tar kechasi, soat 03:00
Saudiya Arabistoni – Urugvay
2-tur
21 iyun, soat 21:00
Ispaniya – Saudiya Arabistoni
22 iyunga o‘tar kechasi, soat 03:00
Urugvay – Kabo-Verde
3-tur
27 iyunga o‘tar kechasi, soat 05:00
Urugvay - Ispaniya
Kabo-Verde – Saudiya Arabistoni