Live
1
O'zbek

“Arsenal” Tonali uchun asosiy da’vogar

Futbol
10 iyun, 08:25
Avvalroq “Nyukasl” faqat 115 million yevro atrofidagi takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligi xabar qilingandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
“Arsenal” Tonali uchun asosiy da’vogar
Фото: Getty Images

“Nyukasl” yarimhimoyachisi Sandro Tonali yozgi transfer oynasida APLning yetakchi klublari uchun asosiy nishonlardan biri bo'lib qolmoqda.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, so'nggi kunlarda “Arsenal” italiyalik 26 yoshli havbekning ehtimoliy transferi bo'yicha ishni faollashtirgan.

London klubi qishki transfer oynasida ham o'yinchiga qiziqish bildirgan edi. Hozirda esa yana kelishuv imkoniyatini o'rganmoqda.

Avvalroq “Nyukasl” faqat 115 million yevro atrofidagi takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligi xabar qilingandi.

Ma'lum bo'lishicha, “Manchester Yunayted” oʻyinchiga boʻlgan qiziqishini sezilarli darajada pasaytirdi. Klub rahbariyati transfer summasi va futbolchining maoshini hisobga olgan holda ehtimoliy kelishuvni juda qimmat deb hisoblamoqda.

O‘tgan mavsumda Tonali klub miqyosidagi 53 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar