Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, serbiyalik hujumchi «Nyukasl»ga o‘tish imkoniyatini jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi va klub vakillari o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng Vlaxovich ushbu variantga ijobiy qaray boshlagan.
Qayd etilishicha, «Nyukasl» boshqa da’vogarlar kurashga qo‘shilishidan oldin transferni imkon qadar tezroq yakunlashni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmadi. Shu sababli u yozda erkin agent maqomida yangi klubga qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Vlaxovich 2022 yil boshidan buyon Turin klubi safida to‘p tepib kelgan. «Nyukasl» esa o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallagan.