Live
1
O'zbek

Alaba "Milan"ga o'tishi mumkin

Futbol
9 iyun, 08:15
"Rossoneri" avstriyalik futbolchini himoya chizig'ini kuchaytirish varianti sifatida ko'rmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Alaba "Milan"ga o'tishi mumkin
Foto: Getty Images

Avstriyalik futbolchi David Alaba "Milan"ga o'tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 33 yoshli himoyachi faoliyatida yangi bosqichni boshlashga yaqin va jamoasini almashtirishni ko'rib chiqmoqda. Bu ehtimoliy transferda Rangnik asosiy bog'lovchi shaxs hisoblanadi, u Alabani yaxshi taniydi va uning katta muxlisi sanaladi.

"Milan" avstriyalik futbolchini himoya chizig'ini kuchaytirish varianti sifatida ko'rmoqda. Biroq ma'lum sharoitlarda unga yarimhimoyada ham rol berilishi mumkin.

Alaba transferidagi asosiy xavf — jarohatlar. U Ispaniyada o'tkazgan 5 mavsumi davomida taxminan 140 ta o'yinni o'tkazib yuborgan.

Avvalroq Alabaning "Yuventus"ga vositachilar orqali taklif qilinganligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar