Live
1
O'zbek

«Yuventus» Emiliano Martines bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Futbol
10 iyun, 02:31
Turin klubi argentinalik darvozabon uchun tovon puli to‘lashni istamayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Yuventus» Emiliano Martines bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
Foto: Getty Images

«Yuventus» «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines bilan uch yillik shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik posbon Turin klubiga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo‘lgan.

Biroq transferning amalga oshishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Sababi, «Yuventus» 33 yoshli darvozabon uchun transfer puli to‘lashni istamayapti.

Qayd etilishicha, turinliklar futbolchining yoshini inobatga olib, uni imkon qadar erkin agent sifatida yoki minimal xarajat evaziga qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Hozircha «Aston Villa»ning Martinesni bepul qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘qligi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Emiliano Martines Argentina milliy jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan va so‘nggi yillarda dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ma’lumot uchun, uning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar