Live
4
O'zbek

"Yuventus" "Arsenal"ning Yildiz bo'yicha taklifini rad etdi

Futbol
9 iyun, 08:40
Turinliklar 21 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida emasligini ma'lum qilgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Yuventus" "Arsenal"ning Yildiz bo'yicha taklifini rad etdi
Foto: Getty Images

"Yuventus" "Arsenal"ning Kenan Yildiz bo'yicha taklifini rad etdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

"To'pchilar" yozgi transfer oynasida faol ish olib borishni rejalashtirmoqda. Jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida aynan Yildiz ko'rib chiqilayotgan edi.

Shunga qaramay, turinliklar 21 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida emasligini aniq bildirgan. Shu sabab "Arsenal" boshqa nomzodlarga e'tibor qaratishga majbur bo'ldi.

Turkiyalik futbolchi yakunlangan A Seriya mavsumida 36 ta o'yinda 10 ta gol urib, 7 ta assistga mualliflik qildi. Futbolchining "Yuventus" bilan yangilangan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar