Live
1
O'zbek

Arteta "Arsenal" rahbariyatidan Vinisiusni sotib olishni so'radi

Futbol
9 iyun, 05:35
Futbolchi yakunlangan mavsumda 53 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 14 ta assist amalga oshirgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Arteta "Arsenal" rahbariyatidan Vinisiusni sotib olishni so'radi
Foto: Getty Images

"Real" vingeri Vinisius Junior "Arsenal" qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqida The Touchline xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, "qirollik klubi" yulduzini sotib olishni shaxsan Mikel Artetaning o'zi londonliklar rahbariyatidan so'ragan. Ispaniyalik mutaxassis "qaymoqranglilar" vingerini "to'pchilar" hujum chizig'ida yetishmayotgan muhim bo'g'in deb biladi.

Yakunlangan mavsum 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 14 ta assist amalga oshirgan. Transfermarkt portali uni 140 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq "Real" va Vinisius yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar