Londonning "Arsenal" klubida may oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu sovrin darvozabon David Rayaga nasib etdi.
Ispaniyalik posbon o'tgan oy barcha musobaqalarda 5 ta o'yin o'tkazib, atigi bitta gol o'tkazib yubordi (Chempionlar Ligasining finalida "PSJ"dan).
Umuman olganda, Raya yakunlangan mavsum 51 uchrashuvda maydonga tushdi. Shulardan 28 tasida u darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Ayni paytda Raya Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Guruh bosqichida ular Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.