Niderladiya milliy jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Yaponiya bilan (2:2) o‘yinidan so‘ng 2026 yilgi Jahon chempionati davomidagi suv ichish uchun berilayotgan tanaffuslar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Suv ichish uchun beriladigan tanaffuslar masalasi — juda qiziq holat. Men Jahon chempionatidagi deyarli barcha o‘yinlarni kuzatdim.
Har safar shu tijoriy tanaffus boshlanganda, bu menga yoqmadi. O‘ylaymanki, o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilayotgan betaraf muxlislar uchun ham bu yaxshi emas.
Agar ob-havo haqiqatdan ham juda issiq bo‘lsa, bunday tanaffuslar foydali bo‘lishi mumkin. Ammo, fikrimcha, har bir o‘yin alohida baholanishi kerak.
Menimcha, bu masala bo‘yicha yetarlicha fikr bildirdim», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi Hayters.
Van Deyk JCh-2026 o‘yinlaridagi suv ichish berilayotgan tanaffuslarni tanqid qildi
Futbol
15 iyun, 13:20
Niderlandiyalik himoyachining fikricha, har bir bahs alohida baholanishi kerak.
Foto: Getty Images