Bugun
7
O'zbek

Mbappe: "Men gol urmasdan Fransiya jahon chempioni bo'lsa, bayramni birinchi o'zim boshlayman"

Futbol
12 iyun, 12:30
Fransiyalik hujumchi Klozening rekordini yangilash istagi haqida ham gapirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Mbappe: "Men gol urmasdan Fransiya jahon chempioni bo'lsa, bayramni birinchi o'zim boshlayman"
Foto: Getty Images

Kilian Mbappe Jahon chempionatida biror marta ham gol urmasdan turib, Fransiya bilan chempion bo'lishga tayyorligini bildirdi.

"Agar Jahon chempionatida biror marta ham gol urmay, turnirda g'olib chiqish imkoniyati bo'lsa, bunga rozi bo'lardim. Bayramni birinchi bo'lib men boshlardim.

Bu Jahon chempionatida ishtirok etayotganimdan juda xursandman. Yosh futbolchilarga, ayniqsa, ruhiy jihatdan yordam berish men uchun muhim", — dedi Mbappe M6 telekanaliga bergan intervyusida.

Hozirgacha 26 yoshli forvard mundiallarda 12 ta gol urgan. Bu borada rekord 16 ta to'p kiritgan germaniyalik sobiq hujumchi Miroslav Klozega tegishli.

"Eng yaxshi to'purarlardan biri bo'lish — yoqimli his. Ammo ularning ko'pchiligi ancha katta yoshda. Albatta, men ham tarix yozishda davom etishni istayman",
— deya qo'shimcha qildi Mbappe.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar