Live
2
O'zbek

«Brayton» «Barsa» qiziqish bildirgan himoyachi uchun 35 mln yevro taklif qildi

Futbol
12 iyun, 12:12
Ingliz klubi «Tottenhem»ning 19 yoshli himoyachisi Luka Vushkovich bo‘yicha taklif yubordi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Brayton» «Barsa» qiziqish bildirgan himoyachi uchun 35 mln yevro taklif qildi
Foto: Getty Images

Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

«Brayton» klubi «Tottenhem»ga 19 yoshli xorvatiyalik himoyachi Luka Vushkovich transferi bo‘yicha 35 million yevrolik taklif yubordi.

Futbolchiga Yevropaning qator top klublari qiziqish bildirmoqda. Jumladan, Kataloniyaning «Barselona» jamoasi uni o‘z safida ko‘rmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Biroq Vushkovichning o‘zi «Brayton»ni faoliyati uchun yaxshiroq variant deb hisoblamoqda. Bunday fikrga «Hamburg»dan tanish bo‘lgan jamoa bosh murabbiyi Fabian Xyurseler ham ta’sir qilyapti.

Bundesliga o‘tgan mavsumida himoyachi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, Vushkovich Xorvatiyaning JCH-2026 uchun qaydnomasiga kiritilgan.

«Tottenhem» 2023-yil «Hayduk»dan taxminan 12 million yevro evaziga sotib olgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchi kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror mundialdan keyin qabul qilinadi.

Bugungi yangiliklar