Bu haqda The Times xabar berdi.
«Manchester Yunayted» klubida «Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshni qo‘lga kiritish ishonchi tobora ortib bormoqda.
Manbaning yozishicha, 21 yoshli darvozabon transferi 92 million yevroga tushishi mumkin. Londonning «Arsenal» klubi ham xavbek xizmatlariga qiziqish bildirgan, ammo jamoa bunday summani to‘lashi haqiqatdan yiroq.
Fernandesh «Vest Hem»ning muhim figuralaridan biriga aylana oldi va bir qator top-klublar e’tiborini tortdi.
O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarni inobatga olganda 38 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.
21 yoshli portugaliyalikning transferi Angliyada mavsumlar oralig‘idagi eng qimmat transferlardan biriga aylanishi hech gap emas.