Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachisi Maykl Oliseni Jahon chempionatida eng ko‘p kuzatadigan o‘yinchisi deb atadi.
«Maykl Olise — men alohida e’tibor bilan kuzatadigan o‘yinchi. Biz uning «Bavariya» uchun qilgan ishlari haqida ko‘p gapirishimiz mumkin: mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgani, golli uzatmalar bergani va o‘zi ham gollar urgani. U murabbiy uchun orzu-imkoniyat. Menda u bilan ishlash imkoniyati bor edi. U faqat futbol o‘ynamaydi — u futbol haqida o‘ylaydi. Bu uni boshqalardan ajratib turadi», - dedi Anri FOX Sports efirida.
Ma’lumot uchun, Anri Olise bilan 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Fransiya olimpiya jamoasida ishlagan, u yerda jamoa kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Yakuniga yetgan mavsumda Olise «Bavariya» bilan Bundesliga va Germaniya Kubogini yutdi, Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, Fransiya milliy jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini I guruhida 16-iyunda Senegalga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.