Live
2
O'zbek

Fransiya futbolchilari JCHdagi chempionlik uchun mukofot puli masalasida kelishuvga erishdi

Futbol
11 iyun, 04:58
Tomonlar mundial starti kuni yakuniy qarorga keldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Fransiya futbolchilari JCHdagi chempionlik uchun mukofot puli masalasida kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi futbolchilari va mamlakat futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ehtimoliy chempionlik uchun beriladigan mukofot pullari borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda RTL jurnalisti Filipp Sanforsh ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) va futbolchilar o‘rtasidagi muzokaralar murakkab kechgan. Muhokamalar davomida nafaqat bonuslar, balki futbolchilar oila a’zolari uchun ajratiladigan chiptalar soni masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

«Fransiya futbol federatsiyasi va futbolchilar Jahon chempionatidagi g‘alaba uchun bonuslar borasida yakuniy kelishuvga erishdi. Muzokaralar murakkab kechdi, ammo tomonlar Boston shahriga yetib borishidan oldin barcha masalalarni hal qildi», — deb yozdi Sanforsh ijtimoiy tarmoqlarda.

Qayd etilishicha, bonuslarning aniq miqdori hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati bugun, 11 iyun kuni start oladi. Turnirning ochilish bahsida Meksika va Janubiy Afrika milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Fransiya milliy jamoasi mundialning I guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar