Live
1
O'zbek

Desham Olisening xet-trigiga munosabat bildirdi

Futbol
9 iyun, 01:29
Fransiya bosh murabbiyi vingerning hozirgi formasi mundial oldidan muhim ekanini ta’kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Desham Olisening xet-trigiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
08.06.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Fransiya Fransiya 3 : 1 Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida xet-trik qayd etgan Maykl Olisening o‘yiniga yuqori baho berdi.

Fransuzlar Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi nazorat uchrashuvida Shimoliy Irlandiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning barcha gollariga aynan Olise mualliflik qildi.

«Aynan shunday Olise bizga kerak bo‘ladi. Maykl «Bavariya» va milliy jamoadagi mavsumidan keyin yanada ajralib turmoqda. U katta yutuqlarga erishdi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori.

Bundan tashqari, u jamoa uchun mehnat qilishni ham biladi. Bu esa juda muhim jihat», — dedi Desham Radio France Internationale nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, fransuzlar mundialning I guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar