Angliya milliy jamoasi sobiq sardori Jon Terri amaldagi bosh murabbiy Tomas Tuxelning qarorlariga qo'shilmasligini bildirdi.
Germaniyalik mutaxassis jahon chempionati uchun qaydnomaga himoyachi Xarriy Maguayr va yarimhimoyachi Koul Palmerni kiritmadi. Shuningdek, kengaytirilgan tarkibdan Fil Foden hamda Trent Aleksander-Arnold ham joy olmadi.
“Palmer va Maguayrni qaydnomadan chetda qoldirilishini adolatsizlik deb hisoblayman.
Ayniqsa, Maguayr bilan bog'liq holat men uchun tushunarsiz. U “Manchester Yunayted” tarkibiga qaytgach juda yaxshi o'ynadi va Maykl Kerrik boshchiligida jamoaning o'sishida muhim rol o'ynadi. Sobiq himoyachi sifatida bu qaror menga juda g'alati tuyuldi.
Chap oyoqli markaziy himoyachilar ham kam. Palmer esa ehtimol, eng katta yo'qotish. Ha, u “Chelsi”da eng yaxshi mavsumini o'tkazmadi, ammo o'yin taqdirini yakka o'zi hal qila oladigan futbolchilar Angliyada ko'p emas.
Standart vaziyatlar va uzatmalar sifati jihatidan Trent dunyodagi eng yaxshilardan biri. U yarimhimoyada ham, o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladi. Uning qaydnomada yo'qligi ham tushunarsiz”, — dedi Terri.
Ma'lumot o'rnida, Angliya milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama jamoalariga qarshi maydonga tushadi.