Live
2
O'zbek

Anchelotti: «Braziliya JCH-2026da gʻolib boʻlishi mumkin»

Futbol
5 iyun, 05:05
Italiyalik mutaxassis milliy jamoadan nimani talab qilayotganini aytdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Anchelotti: «Braziliya JCH-2026da gʻolib boʻlishi mumkin»
Фото: Getty Images

Braziliya milliy jamoasini bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdlarining boʻlajak jahon chempionatidagi gʻalabasiga ishonadi.

«Menimcha, ha, gʻolib boʻlishimiz mumkin. Futbolchilarda yuqori umid va ishonch tuygʻusini shakllantirishni xohlayman. Oldinga qoʻyilgan maqsad va umidlar qanchalik yuqori boʻlsa, motivatsiya juda kuchli boʻladi.

Iqtidordan faqat ahil va jipslashgan jamoa mavjud boʻlgandagina unumli foydalanish mumkin. Shu jihat ustida ishlashimiz kerak va buni albatta amalga oshiramiz. Psixologik omil juda muhim ahamiyatga ega: futbolchilar xudbinlikdan yiroq, kamtar boʻlishlari, yagona maqsad yoʻlida tinimsiz mehnat qilishlari va jamoa muvaffaqiyatiga oʻz hissalarini qoʻshishlari lozim», — dedi Anchelotti.

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya milliy jamoasi Marokash, Hayti va Shotlandiya bilan bellashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar