Live
2
O'zbek

Habib Nurmagomedov: "Butun faoliyatim davomida janglarda biror marta jiddiy zarar ko'rmaganman"

MMA
6 iyun, 04:00
Rossiyalik UFC sobiq chempioni faoliyatini yakunlaganidan keyin o'zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Habib Nurmagomedov: "Butun faoliyatim davomida janglarda biror marta jiddiy zarar ko'rmaganman"
Foto: Getty Images

Rossiyalik UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganidan keyin o'zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi.

"Belimda va tizzamda bir necha operatsiyalar bo'ldi. Lekin o'zimni juda yaxshi his qilaman. Hali ham zaldagi eng kuchli sportchilar bilan mashg'ulot qilib, raqobatlashishda davom etyapman.

Butun faoliyatim davomida janglarda biror marta jiddiy zarar ko'rmaganman. Doim yaxshi holatda bo'lganman, yuzimda jarohatlar bo'lmagan, kayfiyatim yaxshi bo'lgan holda g'alabani qo'lga kiritganman.

Men o'zimni 100 foiz formadaman deb aytmayman. Lekin boshqa jangchilar bilan taqqoslasak, ular faoliyatini tugatgach miyasi, tanasi bilan bog'liq muammolarga duch keladi. Alhamdulillah, menda hammasi joyida", — dedi Nurmagomedov.

Ma'lumot o'rnida, Habib 2020 yilda 29 g'alaba va birorta mag'lubiyatga uchramasdan faoliyatini yakunlagan.

Bugungi yangiliklar