Bugun
7
O'zbek

Silva "Real"ga o'tishga yaqin – Romano

Futbol
11 iyun, 14:56
Futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Silva "Real"ga o'tishga yaqin – Romano
Фото: Getty Images

"Real" klubi yarimhimoyachi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzolaydi. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Qayd etilishicha, Silva jamoa bilan mehnat shartnomasining barcha tafsilotlarini kelishib olgan.

Eslatib o'tamiz, xavbek "Manchester City"ni tark etdi va erkin agent maqomida La Liga grandi safiga borib qo'shilishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Bernardu barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, ucht gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar