«Tottenhem» himoyachi Radu Dregushinning «Fiorentina»ga o'tganini rasman e'lon qildi.
Ruminiyalik futbolchi Italiya klubida bir mavsum ijara asosida to'p tepadi. Kelishuvda mavsum yakunida majburiy sotib olish bandi ham mavjud.
Dregushin «Tottenhem» safida ikki yarim yil faoliyat olib bordi. U o'tgan mavsum London klubi bilan UEFA Yevropa ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritgan. Shu davr mobaynida himoyachi barcha musobaqalarda jami 48 ta bahsda maydonga tushdi.
Shuningdek, 23 yoshli futbolchi Ruminiya milliy jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Uning hisobida terma jamoa safida 30 ta bahs bor.
Eslatib o'tamiz, «Fiorentina» 2025/26 yilgi A Seriya mavsumini 42 ochko bilan 14-o'rinda yakunlab, elitadagi o'rnini saqlab qolgan.