Bugun
14
O'zbek

«Tottenhem» Eli Junior Krupi uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi

Futbol
7 iyul, 06:00
London klubi «Bornmut» hujumchisini yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.
«Tottenhem» Eli Junior Krupi uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» yaqin kunlarda «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnalist Jeyms Devis xabar berdi.

Manbaga ko'ra, londonliklar 20 yoshli fransiyalik futbolchi uchun qariyb 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, «Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi futbolchining o'zi bilan shaxsan muzokara o'tkazgan va shundan so'ng klub transferni amalga oshirishga jiddiy kirishgan.

Avvalroq Eli Junior Krupining o'zi ham faoliyatini aynan «Tottenhem»da davom ettirishni istayotgani, bunga Roberto De Dzerbining loyihasi sabab bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol muallifiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar