Live
1
O'zbek

«Inter» Lukumi uchun kurashga qo'shildi

Futbol
8 iyul, 14:28
Milan klubi «Bolonya» himoyachisini mudofaani kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.
«Inter» Lukumi uchun kurashga qo'shildi
Foto: Getty Images

«Inter» «Bolonya» markaziy himoyachisi Jon Lukumiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Manbaga ko'ra, avvalroq futbolchiga «Yuventus», «Beshiktosh» va «Bornmut» ham qiziqish bildirgan bo'lsa, endilikda «Inter» ham uning transferi imkoniyatlarini o'rganishni boshlagan.

Franchesko Acherbi va Stefan de Vreyning klubni tark etganidan so'ng, milanliklar tajribali markaziy himoyachi izlamoqda. Qayd etilishicha, jurnalist Alfredo Pedulla ma'lumotiga ko'ra, «Inter» allaqachon futbolchi vakillari bilan bog'lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan.

28 yoshli kolumbiyalikning «Bolonya» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Biroq klub futbolchini 28 million yevrolik tovon pulidan arzon narxda qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o'tamiz, Jon Lukumi 2022 yilda Belgiyaning «Genk» klubidan 8 million yevro evaziga «Bolonya» safiga kelib qo'shilgan. U shu vaqtgacha A Seriyada 123 ta bahsda maydonga tushgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, Lukumining 28 million yevrolik narxi «Inter» qiziqayotgan yana bir himoyachi — Trevo Chaloba uchun «Chelsi» talab qilayotgan 35 million yevrodan arzonroq hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Bolonya Bolonya
Bugungi yangiliklar