«Chelsi» Portugaliyaning «Sporting» klubidan Jeovani Kenda transferini rasman e'lon qildi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.
19 yoshli vinger bilan 2034 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolandi.
«Bu yerda bo'lish ajoyib. «Chelsi» — buyuk klub va «Stemford Brij»da o'ynashdan juda xursandman. Klub menga o'xshagan yosh futbolchilarga ishonch bildirmoqda. Men bu jamoaning bir qismi bo'lganimdan faxrlanaman», — dedi Kenda «Chelsi» matbuot xizmatiga.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» va «Sporting» Jeovani Kenda transferi bo'yicha yozgi transfer oynasi ochilishidan bir necha oy avval kelishuvga erishgandi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 50 million yevroni tashkil etgan.