«Manchester Yunayted» «Chelsi» yarimhimoyachisi Andrey Santos transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, transferning kafolatlangan qiymati 56 million yevrodan oshadi. Bundan tashqari, kelishuvga 2 million yevrodan ortiq oson amalga oshiriladigan bonuslar ham kiritilgan.
Shuningdek, «Chelsi» futbolchining kelajakdagi transferidan tushadigan mablag'ning 10 foizini olish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Qayd etilishicha, 22 yoshli braziliyalik yarimhimoyachi «Manchester Yunayted» bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan va transferni yakunlash uchun «Chelsi»dan ruxsat olgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi