«Ayaks», «Borussiya D» va «Utrext» jamoalarining sobiq hujumchisi Sebastyan Aller faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Futbolchi Yaponiyaning «Sanfrecce Xirosima» klubiga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma'lum qildi.
32 yoshli forvard yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo'shildi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.
Allerning so'nggi klubi «Utrext» bo'lib, u jamoa safida 2025 yil 18 avgustdan buyon to'p tepib kelayotgandi.
O'tgan mavsumda Aller barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 1 million yevroga baholamoqda.