Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi Jahongir O'rozov faoliyatini Germaniya Bundesligada davom ettirishi kutilmoqda.
Futbolchining agenti ma'lum qilishicha, "Borussiya M" klubi vakillari allaqachon futbolchining transferi bo'yicha Toshkentga yetib kelgan va hozirda muzokaralar davom etmoqda.
O'z navbatida "Dinamo" ham 22 yoshli O'rozovni Yevropaga yo'l olishiga qarshilik qilmaydi. Futbolchiga yaqin manbalarning xabar berishicha, klub "Borussiya M"dan futbolchining transferi uchun 1 million yevro so'ramoqda.
Tez kunlarda nemis klubi va "Dinamo" rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi va unda kelishuv tafsilotlari muhokama qilinadi.
Eslatib o'tamiz, O'rozovga "Rubin" klubi ham qiziqish bildirgan. Biroq futbolchi Rossiya klubiga o'tishni istamagan va taklifga rad javobini bergan.
Ma'lumot uchun, Jahongir O'rozov "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024 yildan beri "Dinamo" klubida to'p tepib keladi.
Avvalroq, "Dinamo" moliyaviy muammolarga uchrayotgani, klub bu transfer orqali vaziyatdan chiqish haqida o'ylayotgani xabar qilingandi.
"Dinamo" Jahongir O'rozovning transferidan qancha pul ishlab olmoqchiligi ma'lum
Futbol
8 iyul, 06:27
O'rozovga "Rubin" klubi ham qiziqish bildirgandi.
Фото: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi