Live
4
O'zbek

Vadim Abramov: «G'alaba uchun 2:0 hisobi kamlik qildi»

Eksklyuziv
28 noyabr, 11:01
    145
Samarqandliklar ustozi o'yin haqida fikr bildirdi.
Vadim Abramov: «G'alaba uchun 2:0 hisobi kamlik qildi»
Фото: Динамо ПФК

Farg'onada bo'lib o'tgan «Neftchi» va «Dinamo» (2:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov ayrim savollarga javob berdi.

- Bugun stadionga juda ko'p muxlislar tashrif buyurdi va natijada juda qiziqarli, hayajonli o'yin guvohi bo'ldik. O'ylaymanki, muxlislarga ham uchrashuv yoqdi. 2:2 hisobidagi natija haqida nima deyish mumkin? «Neftchi»ni chempionatdagi g'alabasi bilan tabriklaymiz.

- Ammo sizlarda 2:0 hisobida oldinda borayotgan paytda g'alabani qo'ldan chiqarish alamli bo'ldimi?

- Yo'q, bugungi o'yindan ko'rinib turibdiki, 2:0 hisobida g'alaba qozonib bo'lmaydi. Buning uchun 3:0 yoki 4:0 hisobida oldinda bo'lish kerak ekan. 2:0 hisobining o'zi kamlik qildi.

- Aytish mumkinki, keyingi o'yin butun mavsum davomidagi faoliyatingizga baho beriladigan uchrashuv bo'ladi. Umuman, bu yilgi mavsum jamoangiz uchun qanday o'tdi?

- Bu yil biz uchun mavsum shunday kechdi. Aslida, bu haqda avvalgi matbuot anjumanlaridan birida ham gapirgandim. Juda qiyin mavsum bo'ldi. Hozircha bu borada ortiqcha izoh berishni istamayman. Aytaylik, biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik.

- O'yindan keyin futbolchilarga nima dedingiz?

- Ularga bugungi o'yin uchun minnatdorchilik bildirdim va uzr so'radim. Chunki futbolchilarimizga munosib hakamlikni ta'minlay olmayapmiz. «Bunyodkor» bilan o'yindan keyin ham shunday degandim. Futbolchilar oldida bunday hakamlik uchun uyalaman. Ular, albatta, maydonda bor kuchini ishga solishmoqda, qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishyapti. Biz esa ularning mehnatiga munosib sharoit yaratib bera olmayapmiz. Endi nima ham derdik, harakat qilamiz, vaziyatni ko'ramiz.

Bugungi shunday futbol bayramini ko'rib, Samarqand uchun ham iching achiydi. Afsuski, Farg'onada shunday bayramona muhit bor, ammo Samarqandda bunday futbol bayrami yo'q. Vaholanki, u yerda ham xuddi shunday bayramni tashkil qilish mumkin edi», - deya Vadim Karlenovichning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

145 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar