«Paxtakor» klubi Navoiyda «Qizilqum» ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvdan keyin «Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yinni yaxshi boshladik. 1-daqiqadan to 90-daqiqagacha o‘yin bizning qo‘l ostimizda o‘tdi. Imkoniyatlardan foydalandik. Ko‘p jarohat olgan futbolchilarimiz bor. Shunga qaramasdan, yoshlarimiz maydonga chiqishdi va ular yo‘qolib qolishmadi, jamoaga yordam berishdi. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Bu g‘alaba bizga muhim edi.
- Parallel ravishda «Neftchi»ning o‘yinini ko‘rib bordingizmi?
- Yo‘q. Endi kirib ko‘rdim.
- «Paxtakor» qaysi pallada chempionlik kurashidan chiqib ketdi, deb o‘ylaysiz? O‘zaro o‘yindan keyinmi yoki undan so‘ng ham imkoniyat bormidi?
- O‘zaro o‘yinda desak bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘p joyda ochkolarni yo‘qotgandik.
- O‘yin qaydnomasida Ayman Xussayn yo‘q edi. Buning sababi nimada? Yoki ketdimi, klubdan?
- Yo‘q, Ayman Xussayn bor. Atyapman-ku, 7 nafar futbolchimiz jarohatda. Ular Toshkentda qoldi, jarohatini tiklashyapti.
- «Paxtakor» muxlislari jamoadan doim chempionlikni talab qilishadi. Ammo qatorasiga ikki mavsumdan beri chempionlikni qo‘lga kirita olmayapti.
- O‘tgan yili pastroqda edik, keyin ikkinchi o‘rinni olib, Kubokni yutdik. Bu yil ozgina yetmadi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor.
- Chempionlik yo‘lida seleksiyada xatolar bo‘ldimi yoki boshqa sabablari bormi?
- Yo‘q, seleksiyada emas. Boshqa sabablar. Ha, hujumda ozgina oqsadik, ammo boshqa omillari ham bor», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Kamoliddin Tojiyev: «Bu yil ozgina yetmadi»
Eksklyuziv
28 noyabr, 09:43
Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Фото: Пахтакор ПФК