Superliganing 29-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Stefan Chinedu hisobni ochdi. 54-daqiqada esa Zaid Taxsin Doston Hamdamovning uzatmasidan keyin «Paxtakor»ning ikkinchi golini urdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Paxtakor» ochkolarini 62 taga yetkazib, chempionlik uchun oxirgi turda ham kurashadigan bo‘ldi. «Qizilqum» esa 38 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.
Superliga. 29-tur
Qizilqum — Paxtakor 1:2
Gollar: Stefan Chinedu 42, Zaid Taxsin 54 - Diyor Raxmatilloyev 90.
Ogohlantirishlar: Bo‘riyev 27, Chinedu 38, Nasrullayev 79.
Qizilqum: Rahmatov, Jumanqo‘ziyev (Jo‘raqo‘ziyev, 46), Turopov (Rahmatullayev, 71), Kenjaboyev (Papariga, 71), Shukurillayev, Jigauri, Nematxonov, Rizaqulov, Roziyev (Vahobov, 71), Duglas (Abdug‘afforov, 46), Rahmatilloyev.
Paxtakor: Nazarov, Taxsin, Mozgovoy, Hamdamov (Shukurullayev, 84), Karimov, Bo‘riyev, Saydaliyev, Nasrullayev, Abdumajidov, Bozorov, Chinedu (To‘laganov, 82).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi