Live
1
O'zbek

Desham: «Marokashga qarshi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak»

Futbol
8 iyul, 14:19
Fransiya bosh murabbiyi chorakfinal oldidan raqibning kuchli tomonlariga to'xtaldi.
Desham: «Marokashga qarshi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak»
Foto: Getty Images
09.07.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Marokash Marokash

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 chorakfinalida Marokashga qarshi o'tkaziladigan bahs oldidan jamoasining tayyorgarligiga baho berdi.

«Biz eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz kerak, chunki qarshimizda juda kuchli jamoa turibdi. Ularning tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Ular mening futbolchilarimni yaxshi biladi, bizning futbolchilar ham ularni yaxshi taniydi. Hatto ayrimlari bir klubda to'p tepmoqda. Bizni nimalar kutayotganini yaxshi tushunamiz.

Marokashning o'yin uslubi Paragvaynikidan farq qiladi. To'rt yil avval Dohada ular bilan yarimfinalda to'qnash kelgandik. Har ikki jamoa ham to'p nazoratini yoqtiradi va hujumkor futbol namoyish etishga intiladi. Bizning samaradorligimiz yaxshi, ammo uni yanada yaxshilashimiz mumkin. Raqib qanchalik kuchli bo'lsa, samaradorlik ham shunchalik yuqori bo'lishi kerak», — deya Deshamning so'zlarini Diario Sport nashri keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya va Marokash o'rtasidagi Jahon chempionati chorakfinal bahsi 9 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar