Live
6
O'zbek

Nurmagomedov Marokash haqida: «Futbolni rivojlantirish uchun namunaviy misol»

Futbol
5 iyul, 11:33
UFC sobiq chempioni Marokash milliy jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Nurmagomedov Marokash haqida: «Futbolni rivojlantirish uchun namunaviy misol»
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni va hozirda Shon-shuhrat zalining a’zosi, rossiyalik sobiq professional sportchi Habib Nurmagomedov Marokash milliy jamoasining jahon chempionati-2026dagi ishtiroki haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Futbolni rivojlantirish uchun namunaviy misol. Ular buni qanday amalga oshirganini va asosiy diqqatni nimalarga qaratganini bilish qiziq. Va yoshlar jamoasi ham, kattalar jamoasi ham — butun dunyo futbol elitasiga «bosh og‘riq» bo‘lib, ularni o‘zlari bilan hisoblashishga majbur qila olishdi», — deb yozgan Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, chorakfinal o‘yinida Marokash milliy jamoasi Fransiya bilan bahs olib boradi, o‘yin 9 iyul kuniga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar