Madridning «Atletiko» klubining sobiq hujumchisi Antuan Grizmann «Orlando Siti»dagi rasmiy taqdimot marosimida MLSga ko'chib o'tishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«18 yoshimdan beri MLSda o'ynashni orzu qilardim. Men bu yerga sovrinlar yutish, muxlislar bilan yaqin munosabat o'rnatish va jamoadoshlarimning yanada rivojlanishiga yordam berish uchun keldim.
«Inter Mayami»ga qarshi Florida derbisi haqida juda ko'p eshitganman. Lionel Messi bilan yana maydonda to'qnash kelish yoqimli bo'ladi. Shuningdek, Rodrigo De Paul bilan ham uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. U bilan juda yaxshi munosabatdamiz», — deya Grizmanning so'zlarini L'Équipe nashri keltirdi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilning mart oyida MLS vakili «Orlando Siti» Antuan Grizmannning Madridning «Atletiko» klubidan transfer qilinganini rasman e'lon qilgandi.