Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga Yevropaning top-klublari e'tiborida qolmoqda.
Jurnalist Serxio Valentinning xabar berishicha, «Chelsi» fransiyalik futbolchini transfer qilish bo'yicha «Real»ga rasmiy taklif yuborgan.
Manbaga ko'ra, Madrid klubi londonliklarning taklifini qabul qilgan. Biroq Kamavinganing o'zi ushbu transferga rad javobini bergan. Futbolchi bu yozda «Real»ni tark etishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, Eduardo Kamavinga 2021 yilda «Renn»dan 31 million yevro evaziga «Real» safiga kelib qo'shilgan.
24 yoshli yarimhimoyachi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.