Londonning "Arsenal" klubi "Vest Hem"ning ng qanot himoyachisi Aaron Van-Bissakaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Xabarlarga ko'ra, kongolik 28 yoshli futbolchi "bolg'achilar" Chempionshipga tushib ketgach, katta ehtimol bilan klubni tark etadi.
"Arsenal" transfer oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan Ben Uaytga o'rinbosar sifatida aynan Van-Bissakani kuzatmoqda.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.