"Lids"ning sobiq darvozaboni Ilan Mele yaqin vaqt ichida "Arsenal" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "to'pchilar" fransiyalik 26 yoshli posbon bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan.
Endi Mele tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng transfer rasman yakunlanadi.
Ilan "Lids" safida jami 215 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shulardan 107 tasi Angliya Premer-ligasi doirasiga to'g'ri keladi. Biroq o'tgan mavsum darvozabon asosiy jamoa tarkibida birorta ham o'yinda ishtirok etmadi.
Avvalroq "Arsenal"ning zaxira darvozaboni Kepa Arrisabalaga klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi.