Bugun
14
O'zbek

Inigo Martinez "An Nasr"da qoladi – Romano

Futbol
7 iyul, 17:50
Futbolchi o'tgan mavsumda Riyod klubi safiga kelib qo'shilgandi.
Inigo Martinez "An Nasr"da qoladi – Romano
Фото: Getty Images

"An Nasr" klubi himoyachisi Inigo Martinez jamoada qoladi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi Riyoddagi faoliyatidan mamnun. Tomonlar shartnomani 2027 yilgacha kelishuvni uzaytirish opsiyasini faollashtiradi.

Ma'lumot uchun, Inigo o'tgan mavsumda "An Nasr" safiga kelib qo'shilgandi. Bu vaqt davomida barcha turnirlar doirasida 43 ta o'yinda maydonga tushgan. Klub bilan Saudiya Proligasida chempionlikni qo'lga kiritgan.

Eslatib o'tamiz, Anje Postekoglu yangi mavsumda Saudiya klubini boshqaradi. U klub bilan shartnoma imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar