Bugun
14
O'zbek

JCH chorakfinalida Yevropaning oltita jamoasi ishtirok etadi

Futbol
7 iyul, 19:26
Chorakfinalning dastlabki bahsi 10 iyul sanasiga belgilangan.
JCH chorakfinalida Yevropaning oltita jamoasi ishtirok etadi
Фото: Getty Images

2026 yildagi jahon chempionatida chorakfinalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Shu tariqa, 1/4 finalida Yevropaning olti jamoasi yo'l oldi: Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya, Angliya va Shveytsariya.

Afrikadan faqat Marokash, Janubiy Amerikadan esa Argentina milliy jamoasi qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, Argentina amaldagi mundial chempioni hisoblanadi. Ular 2022 yilda Fransiyani penaltilar seriyada g'alaba qozongandi.

Chorakfinal juftliklari bilan tanishing: (O'yinlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan)

Fransiya — Marokash (9 iyuldan 10 iyulga o‘tar kechasi, soat 01:00)
Norvegiya — Angliya (10 iyuldan 11 iyulga o‘tar kechasi, soat 00:00)
Ispaniya — Belgiya (11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi, soat 02:00)
Argentina — Shveytsariya (11 iyuldan 12 iyulga o‘tar tongi, soat 06:00).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar