Live
1
O'zbek

"Everton" Spensni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
7 iyul, 17:26
Liverpul klubi himoyani kuchaytirishga e'tibor qaratgan.
"Everton" Spensni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Фото: Getty Images

"Tottenhem" himoyachisi Jed Spensga "Everton" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko'ra, Liverpul klubi angliyalik 25 yoshli futbolchini o'ng qanot himoyasini kuchaytirish uchun eng munosib nomzodlardan biri deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, "Everton"ning qisqa ro'yxatidan "Arsenal" himoyachisi Ben Uayt hamda Fransiyaning "Strasbur" klubi futbolchisi Gela Due ham o'rin olgan.

Ma'lumot uchun, Spens o'tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. "Everton" o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasini 13-o'rinda yakunlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar