«Arsenal» «Real» himoyachisi Raul Asensioга qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Qayd etilishicha, 23 yoshli futbolchining kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Hozirda madridliklar unga katta umid bildirmayotgani aytilmoqda.
Shu sababli, «to'pchilar» ispaniyalik himoyachini o'zining transferlar ro'yxatiga kiritgan. U jamoada Ben Uaytning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Raul o'tgan mavsum «Real» safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda qatnashib, 2 gol va 1 assistga mualliflik qilgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 20 million evroni tashkil etadi.
Avvalroq Asensioning «qirollik klubi»dan ketmoqchi emasligi ma'lum qilingan.