Bugun
14
O'zbek

Ispaniya 2010-yilgi mundialdan so'ng ilk bor chorakfinalga chiqdi

Futbol
7 iyul, 03:30
O'sha turnirda jamoa jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ispaniya 2010-yilgi mundialdan so'ng ilk bor chorakfinalga chiqdi
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi 2010-yilgi jahon chempionatidan so'ng ilk bor musobaqa chorakfinal bosqichiga yo'l oldi.

Bungacha o'tkazilgan 2014-yilgi mundialda "qizil furiya" guruhda qolib ketgan bo'lsa, 2018 va 2022-yilgi turnirlarda jamoa nimchorakfinal bosqichida o'z yurishini to'xtatgan.

Etiborlisi, ispanlar so'nggi bor chorakfinalga chiqqan yili jahon chempionligini qo'lga kiritgandi. Jamoa 2010-yilgi finalda Niderlandiyani qo'shimcha bo'limlarda urilgan yagona gol evaziga mag'lub etgan.

Ma'lumot o'rnida, Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Luis de la Fuente shogirdlari keyingi bosqichda Belgiya bilan kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar