UFC engil vazn toifasidagi sobiq chempion Habib Nurmagomedov 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Portugaliya va Ispaniya oʻrtasidagi uchrashuv natijasi (0:1)ga oʻz munosabatini bildirdi.
"Ispaniyaning ajoyib murabbiyi bor. Menimcha, de la Fuente — ushbu mundialdagi eng yaxshi murabbiy. Shuningdek, ispaniyaliklar juda yaxshi shakllangan jamoa ekanini yana bir karra isbotladi.
Eʼtibor berish kerakki, ular 5 ta oʻyinda hali birorta ham gol oʻtkazib yuborishmadi", — deb yozdi Habib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Maʼlumot oʻrnida, Ispaniya milliy jamoasi chorakfinalda Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 10 iyul kuni boʻlib oʻtadi.