Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku jahon chempionatida yana zahiradan maydonga tushib gol urdi.
"Napoli" futbolchisi 2026 yildagi mundial 1/8 final bosqichida AQShga qarshi uchrashuvning 67-daqiqasida o'yinga qo'shildi va 90+3-daqiqada jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qilib, yakuniy hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Lukaku jahon chempionatlari tarixida 4 ta uchrashuvda zahiradan maydonga tushib gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Qayd etish lozim, ushbu mundialda Romeluning hisobida hozirgacha 3 gol va 1 assist mavjud.