Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi AQSHga qarshi o'yin (4:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Hozir Belgiyada tonggi soat 4:00. Uxlamasdan bizga muxlislik qilgan barcha belgiya fuqarolariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bugun jamoangiz bilan faxrlanishingiz mumkin.
Bugun Belgiya katta futbol davlati ekanini namoyish etdik. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik va rejamizga to'liq amal qildik.
Bu uchrashuvdagi yagona noxush holat Onananing jarohati bo'ldi. Aniq nima yuz berganini bilmayman. Lekin menimcha, undagi jarohat jiddiy», — dedi Garsiya.