Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixida ketma-ket oltita oʻyinni gol oʻtkazmasdan oʻtkazgan birinchi jamoa boʻldi. Bu haqida MisterChip xabar berdi.
Shundan bittasi 2022 yildagi mundialda Marokashga qarshi bahsga toʻgʻri keladi. Qolgan 5 ta bahsni 2026 yildagi jahon chempionati doirasida oʻtkazgan. Hozircha Unai Simon biror marta ham gol oʻtkazib yuborgani yoʻq.
Quruq oʻyinlar seriyasi:
Marokash (2022);
Kabo-Verde (2026);
Saudiya Arabistoni (2026);
Urugvay (2026);
Avstriya (2026);
Portugaliya (2026).