FIFA kunlari munosabati bilan chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida OKMK klubi proliga vakili "G'azalkent"ga qarshi ikkinchi bahsni o'tkazdi. Unda olmaliklar 5:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Jamoalarning dastlabki uchrashuvida "konchilar" 3:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Ikkinchi bahsda Urosh Kojich, Siavash Haqnazari raqib darvozasini bir martadan ishg'ol qilgan bo'lsa, Mirjamol Qosimov xet-trik qayd etib, jamoamizning yirik g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.