Bugun
2
O'zbek

Nodirbek Abdusattorov Xorvatiyadagi turnirda kumush medal oldi

Boshqa sportlar
6 iyul, 18:33
Musobaqani kumush medal bilan yakunlab, 42,5 ming dollar mukofot sohibiga aylandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Nodirbek Abdusattorov Xorvatiyadagi turnirda kumush medal oldi
Фото: Chess Uzbekistan

Xorvatiyaning Zagreb shahrida Grand Chess Tour 2026 musobaqasining uchinchi bosqichi Super Rapid and Blitz Croatia turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov himoya qildi.

Rapid va blits yo‘nalishlari yakuniga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 23,5 ochko to‘pladi. U Fransiya vakili Alireza Firouzja bilan bir xil natija qayd etdi. G‘olibni aniqlash uchun tay-brek o‘tkazildi.

Ikki partiyadan iborat tay-brek 1:1 hisobida yakunlandi. Armageddon bahsida esa g‘alaba Firouzjaga nasib etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni Alireza Firouzja egalladi. Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U musobaqani kumush medal bilan yakunlab, 42,5 ming dollar mukofot sohibiga aylandi.

Bugungi yangiliklar