Bugun
2
O'zbek

"Bavariya" Vinisius bo'yicha so'rov yubordi – manba

Futbol
6 iyul, 16:35
"Real" va Vinisius hamon yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Bavariya" Vinisius bo'yicha so'rov yubordi – manba
Фото: Getty Images

"Bavariya" klubi "Real" vingeri Vinisius Junior bo'yicha so'rov yubordi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik futbolchi shu yozda sotuvga qo'yilishi mumkin: "Real" tavakkal qilmaslik va uni tekinga qo'ldan chiqarmaslik uchun futbolchini sotishni ko'rib chiqishga tayyor. 2027 yilning 1 yanvarida Vinisius erkin agent maqomini olishi mumkin.

"Real" va Vinisius hamon yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti. Ayni damda muzokaralardagi asosiy kelishmovchilik moliyaviy shartlar bo'lib qolmoqda. Braziliyalik futbolchining amaldagi maoshi mavsum uchun taxminan 20 mln evroni tashkil etadi, hujumchi tomoni esa to'lovlarni yiliga 30 mln evrogacha oshirishni talab qilmoqda. Madrid klubi buni amalga oshirish imkonsizligini ta'kidlab kelmoqda.

O'tgan mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar