Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.
Portugaliya milliy jamoasi va «Al Hilol» klubi himoyachisi Joau Kanselu yaqin kunlarda «Barselona»ga o‘tishi mumkin.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyaliklarning jahon chempionati-2026dan chiqib ketishi futbolchi transferini tezlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, tomonlar ikki yillik bitim borasida kelishib bo‘lishgan. Bundan tashqari, Kanselu Saudiya Arabistonida qolish niyatida emas va «ko‘k-anorranglilar» safiga qaytish uchun maoshi qisqarishiga ham rozi.
Avvalroq «Al Hilol» portugaliyalik himoyachisi uchun 10 mln yevro talab qilayotgani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Kanselu 2023/2024-yilgi mavsumda «Barselona» safida harakat qilgandi. O‘tgan davr mobaynida u 65 o‘yinda 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma yetkazib berdi.