Bugun
14
O'zbek

Martines Ronalduga minnatdorlik bildirdi: «U namunali sardor va futbol afsonasi»

Futbol
7 iyul, 05:05
Portugaliya bosh murabbiyi Krishtianu Ronalduning jamoaga qo'shgan hissasini alohida e'tirof etdi.
Martines Ronalduga minnatdorlik bildirdi: «U namunali sardor va futbol afsonasi»
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Ispaniyaga qarshi Jahon chempionati 1/8 finalidagi mag'lubiyatdan (0:1) so'ng Krishtianu Ronalduning jamoa uchun qilgan xizmatlariga yuqori baho berdi.

«Unga namunali sardor bo'lgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Men Portugaliya milliy jamoasini Krishtianuning kelajagi borasida ko'plab savollar tug'ilgan pallada qabul qilib olgandim. Ammo u men uchun har tomonlama o'rnak bo'ldi. Gap faqat gollar haqida emas, statistikasi o'zi hammasini aytib turibdi. Uning golli uzatmalari, har kungi mehnati va futbolga bo'lgan munosabati barchaga namuna.

Krishtianu chinakam futbol afsonasi. Bunday futbolchilar juda kam uchraydi. U Jahon chempionatida g'alaba qozonishni orzu qildi va bu yo'lda bor kuchini berdi. Maydonda ham, kiyinish xonasida ham hammaga ajoyib namuna bo'ldi. Jamoamiz bu xotiralarni doimo saqlab qoladi. U futbolchi, sportchi va inson sifatida barchaga o'rnak», — deya Martinesning so'zlarini AS nashri keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Roberto Martines ushbu bahsdan keyin Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan ketayotganini ham ma'lum qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi. Saytda faqat muhokama faolligi ko‘rsatiladi.

Bugungi yangiliklar