Fransiyaning «Parij» klubi Liam Roseniorni bosh murabbiy etib tayinlaganini rasman e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
41 yoshli angliyalik mutaxassis bilan 2028 yilning iyun oyiga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi. Rosenior 9 iyul kuni o'z vazifasiga kirishadi. Aynan shu kuni jamoa ta'tildan qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Rosenior avval ham Fransiyada faoliyat yuritgan. U 2024–2026 yillar oralig'ida «Strasbur»ni boshqargan. Shuningdek, 2026 yilning yanvaridan apreliga qadar «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Eslatib o'tamiz, «Parij» 2025/26 yilgi Fransiya chempionatini 44 ochko bilan 11-o'rinda yakunlagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi. Saytda faqat muhokama faolligi ko‘rsatiladi.